Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasida rahbar va rahbar o‘rinbosari lavozimiga tayinlovlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
1. Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sh.Nisbatxonov 1969-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1988-yili Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1997-yilda esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992-yilda Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar sohada turli lavozimlarida ishlagan. Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar esa boshqarmaning Soliq majburiyatlarini hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
2. Holiqov Bahodir Rahmatullayevich Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.B.Holiqov 1972-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U soliq tizimidagi faoliyatini 1994-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
3. Polvonov Nazarjon Jumanazarovich Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.N.Polvonov 1982-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2000-yilda Marg‘ilon tijorat texnikumini, 2011-yilda esa Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U soliq tizimidagi faoliyatini 2001-yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
4. Abdullayev Qobuljon Abdujambulovich Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.Q.Abdullayev 1970-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent Davlat agrar universitetini, 2002-yilda esa Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U soliq tizimidagi faoliyatini 1993-yilda Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
5. Axunov Avazbek Urmonovich Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.A.Axunov 1985-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U soliq tizimidagi faoliyatini 2008-yilda Quva tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)