Toshkent shahridagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi – “Vatanga qasamyod” haykali poyida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism askarlarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mudofaa vazirligi harbiy orkestrining musiqa sadolari ostida 142 nafar bitiruvchilarning 56 nafariga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar, 55 nafariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlir Mahkamasining 2018-yilning 6-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq shu yildan e’tiboran Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan jami 1239 nafar askarga jami 23,5 milliard so‘mdan ortiqroq kredit mablag‘lari ajratilgan.
Aynan shu kunning o‘zida Sirdaryo viloyatida 2019-yil chaqiruv mavsumida fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga kuzatishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazilgan.
Unda Mudofaa vazirligi, viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi vakillari hamda muddatli harbiy xizmatga kuzatilayotgan fuqarolarning ota-onalari qatnashgan.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarni yigitlik burchini muvaffaqiyatli o‘tab qaytishini, Vatan tinchligi yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishida jonbozlik ko‘rsatishini tilagan.
Izoh (0)