Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi uchinchi sektor hududida kam ta’minlangan oilalarning 6 nafar farzandiga sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, tumanning “Nurafshon” mahallasidagi 2, “Qulluqtol” mahallasida esa 4 oilaning uyida bayram qo‘shaloq bo‘ldi.
— O‘g‘lim Boburjonning to‘yini o‘tkazishga biroz qo‘limiz kaltalik qilayotgandi. Sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘iniga rahmat, shu ahvolimizni payqashibdi. To‘y qilib, tabriklab, sovg‘a-salomlar berib ketishdi, — deydi “Nurafshon” MFYda istiqomat qiluvchi Luqmonjon Jo‘rayev.
To‘ybolalarga velosiped, ularning ota-onalariga gilam sovg‘a qilindi. Bolajonlarning har biriga tuman IIB tomonidan 500 ming so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari topshirildi.
Izoh (0)