“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soch ko‘chirishga ixtisoslashgan klinika ochdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Klinikani Insparya kompaniyasi boshqaradi, portugaliyalik futbolchi esa tibbiy muassasaning 50 foiz aksiyasiga ega.
“Soch to‘kilishi nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda jiddiy muammo hisoblanadi. Biz odamlarning o‘ziga o‘zi yuqori baho bera olishlariga yordam berishimiz mumkin. Buning uchun ular bizga murojaat qilishga uyalmasliklari lozim.Insparya kompaniyasi Portugaliyada 10 ta klinikaga ega. Ularda, taxminan, 35 mingta soch ko‘chirish o‘tqazish operatsiyasi amalga oshiriladi. Ushbu xizmat Insparya’da 4 dan 7 ming yevrogacha bo‘lgan narxni tashkil etadi.Har bir inson o‘z tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishni xohlaydi va men shundaylar toifasiga misol bo‘la olaman. Shuning uchun Paolo (Ramos — Insparya rahbari) menga ushbu loyiha haqida gapirganda, bu ajoyib narsaligini darhol tushunib yetdim.
Mazkur loyiha muvaffaqiyatga erishishi aniq, biz ispaniyaliklarga va Ispaniya iqtisodiyotiga yordam berishni istaymiz”, — deydi Ronaldu klinikaning ochilish marosimida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)