Toshkentda tajriba tariqasida piyodalar o‘tish yo‘lida oq va qizil ranglar qo‘llanmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
IIBB mutatasaddilari shahar hokimligi bilan hamkorlikda poytaxtga taklif qilgan slovakiyalik mutaxassislar shunday tavsiya berdi.
Yevropa davlatlarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash tajribasi sariq-oq chiziqlar har doim ham, ayniqsa tungi paytlarda ko‘zga tashlanavermasligini ko‘rsatmoqda. Qizil-oq bo‘yoq esa haydovchilar va piyodalarga doim yaqqol ko‘rinib turadi.
Poytaxtdagi ilk shunday yo‘lak Amir Temur xiyoboni atrofida paydo bo‘ldi.
Izoh (0)