Sirdaryo viloyatida ham ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla raisi va faollari, fidokor yoshlar bilan hamkorlikda ish olib borib, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha samarali natijalarga erishmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot guruhi “Daryo” ga xabar berdi.
Natijada 2019-yilning o‘tgan 2 oyi davomida viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 2018-yilning shu davriga nisbatan 30 foiz kamayishiga erishilgan.
O‘z o‘rnida, davlat rahbarining 2018-yil 24-dekabr kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z vazifasini sidqidildan bajarib, qolganlarga o‘rnak bo‘lgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlari va mahalla faollari e’tirof etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Guliston shahrining “Bilimdonlar maydoni”da bo‘lib o‘tgan tadbirda jinoyatlar soni kamayishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan 126 nafar namunali profilaktika inspektori, 25 nafar mahalla raisi va 12 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha faol mutaxassislari hamda 14 nafar profilaktika inspektori yordamchilari, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda ichki ishlar organlariga yaqindan yordam bergan 11 nafar “Fidokor yoshlar”jamoatchilik patrul a’zolari viloyat sektor rahbarlari ishtirokida tantanali ravishda pul mukofoti bilan taqdirlangan.
Izoh (0)