Toshkent shahar hokimi rossiyalik bir qator murabbiy va sport yulduzlariga poytaxtdan kvartiralar ajratadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Humo Arena ochilish marosimidagi chiqishi davomida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari ochilish marosimida ishtirok etgan mashhur sportchilar va murabbiylarga murojaat qildi va ularning ko‘magi, bilimi hamda tajribasiga umid qilishini aytdi.

“Bu sport yulduzlari bilan bugun uchrashdim. Toshkent shahar hokimiga qisqa fursatda ularga kvartiralar ajratib berish bo‘yicha topshiriq berdim. Sportchilar O‘zbekistonga mehmonga emas,  o‘z uyiga kelgandek kelishsin”, — dedi Prezident.