O‘zbekistonda tarkibida fenspirid bo‘lgan dori-darmonlar sotuvi taqiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur moddani iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Farmatsevtikada u asosan bronxial astma, faringit, rinit, otit, sinusit kasalliklarini oldini olishda qo‘llanadi.
Fenspiridli dorilarning asorati sifatida ko‘pincha ko‘ngil aynishi, qorindagi og‘riqlar, dispepsiya va taxikardiya kuzatilgan. Shu sababli preparat Fransiya va boshqa ayrim davlatlarda ham man etilgan.
Izoh (0)