O‘zbekistonning Rossiyadagi turistik brendi elchisi tayinlandi. Bu haqda mamlakatning Moskvadagi elchixonasi ma’lum qildi.
Rossiya xalq artisti, taniqli aktyor, rejissor va jamoat arbobi Yuriy Stoyanov endilikda shu vazifani bajaradigan bo‘ldi.
Elchixonada shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Yuriy Stoyanov ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston bilan uzviy bog‘liqligini doimo his etishini aytib o‘tdi.
Gap shundaki, aktyorning onasi Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentga ko‘chib kelgan va uzoq vaqt shu yerda istiqomat qilgan. Stoyanovning o‘zi ham tez-tez gastrollar bilan O‘zbekistonda bo‘lib turadi.
Yuriy Stoyanov Rossiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixi, madaniyati va an’analarini targ‘ib etish uchun bor kuch va imkoniyatini ishga solishini ta’kidladi.
Izoh (0)