2019-yilda Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Yo‘l xaritasiga ko‘ra, Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand temir yo‘l vokzali va Jartepa nazorat o‘tkazish punktida davlat-xususiy sheriklik asosida axborot markazlari tashkil qilinadi.
Ularda viloyatning turizm salohiyati aks etgan tarqatma materiallar joylashtirilib, sayyohlarga axborot taqdim etiladi.
Izoh (0)