UEFA tashkiloti Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi.

Foto: Twitter/@ChelseaFC

Unga ko‘ra “Chelsi” hujumchisi Olivye Jiru mazkur nomga loyiq deb topildi. U 14-mart, payshanba kuni safarda kechgan bahsda “Dinamo” darvozasiga 3 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatma berdi (5:0).

Fransiyalikdan tashqari ushbu nomga quyidagi futbolchilar da’vogarlik qilgandi:

  • Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”) — 2 ta gol, 1 ta golga assist
  • Tomash Souchek (“Slaviya Praga”) — 1 ta gol, 1 ta golga assist
  • Jonas (“Benfika”) — 1 ta gol va 1 ta golga assist

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!