• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda 1972-yilda qurilgan shiypon maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilar ilon yoki chayon chaqishidan cho‘chimoqda

    “Daryo” tahririyatiga yo‘llangan galdagi murojaat va unga ilova qilingan surat e’tiborimizni tortmay qolmadi, albatta. Muallif murojaatiga ilova qilingan tuman markazidan chekka hududda joylashgan “Mo‘minobod” qishlog‘idagi 21-umumta’lim maktabining filiali tasvirlangan fotosuratlarda bino juda qarovsiz holatda ekanligi ko‘rinib turardi. Maktabligi aytilgan tashlandiq bino yonida esa kurkalarning bemalol sayr qilishi maktab atorofining o‘ralmaganidan dalolat berardi.

    Foto: “Daryo”

    Holatni o‘rganish maqsadida G‘uzor tumanining “Mo‘minobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Mo‘minobod” qishlog‘ida bo‘ldik.

    — 12 yildan beri ushbu dargohda dars berib kelaman, — deydi filial o‘qituvchisi Mo‘tabar Ravshanova. – Sinfxonalarimizni har yili ta’til paytida o‘zimiz ta’mirlaymiz. Loysuvoq qildiramiz, ohaklaymiz. Barchasi o‘z kuchimiz va mablag‘imiz evaziga bo‘ladi. Ba’zan uydagilarga iltimos qilamiz, ba’zan esa oyligimizdan orttirib ishchi yollaymiz.

    Foto: “Daryo”

    O‘qituvchining qo‘shimcha qilishicha, sinfxonalar juda tor va yurish uchun noqulay. Qish fasli, ayniqsa yog‘ingarchilik paytida tomdan chakki o‘tib dars o‘tishga xalal beradi. Eng yomoni sinfxona devorlariyu, shiftining abgorligi eski zamondan qolib ketgan qarovsiz binolarni yodga soladi.

    Mo‘tabar Ravshanova.

    Mo‘tabar Ravshanova.
    Foto: “Daryo”

    — Sinfxonalarimiz juda tor va noqulay, — deydi Mo‘tabar Ravshanova. — Yomg‘ir va qorli kunlarda hatto sinfxonalar ham loy bo‘lib ketadi. O‘quvchilarimiz oyog‘idan nam o‘tmasligi uchun oyog‘i tagiga taxta qo‘yib o‘tirishga majbur bo‘lishadi.

    — 16 yildan beri filialning ahvoli shu, — deydi filial o‘qituvchilaridan yana biri Charos Nazarova. — 2003-yildan beri ushbu maktabda dars beraman. Mutasaddilar kelib ko‘rib ketishgan. Ammo o‘zgarish yo‘q. Loygarchilik paytida loyda yurib ham bo‘lmaydi. Maktabga olib keluvchi yo‘llarning abgorligini aytmasak ham bo‘ladi. Axiyri xalq pul yig‘ib qo‘ldan kelgancha maktab yoniga keluvchi ko‘chaga shag‘al to‘kdi. Lekin sinfxonalarga kirish joyi va sinfxonalarning o‘zi esa abgor holatda.

    Charos Nazarova.

    Charos Nazarova.
    Foto: “Daryo”

    Suhbatdosh o‘qituvchilarning aytishicha, holatdan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri yaxshigina xabardor. Ularning ta’kidlashicha, kuni kecha — 6-mart kuni ham mudir filialdan xabar olib ketgan.

    — Maktab quramiz deyishganiga ham bir yildan oshdi. Ammo joy masalasi hal bo‘lmayotgan ekan, — deydi o‘qituvchilar. – Ota-onalar ko‘rsatgan joy qurilish tashkilotiga, qurilish tashkiloti quraman degan hudud esa ota-onalarga yoqmayotgan ekan. Eshqobilova (tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Risolat Eshqobilova nazarda tutilmoqda) kelib ketdi. Endi bir qarorga kelgan bo‘lsa qurilish ham boshlanib qolar.

    Foto: “Daryo”

    21-maktab direktori Nigora Shernazarovaning ma’lumot berishicha, filialda 41 nafar o‘quvchi tahsil oladi. 2018-yil 28-mart kuni G‘uzor tumanining sobiq hokimi O.Boymirov 21-maktab filiali binosini qayta rekonstruksiya qilish haqida qaror chiqargan. “Mana endi ish boshlanadi, — deydi maktab direktori tuman hokimi qarorini nazarda tutib. Direktor “Daryo” muxbirining tuman hokimi qarori qabul qilingach, o‘tgan bir yil davomida nima ish qilindi degan savoliga “yangi quriladigan bino joyi belgilab olindi” — deb javob berdi. Qiziq, qaror qabul qilingach yangi qurilajak bino joyini aniqlash uchun bir yil vaqt sarflangan bo‘lsa, binoning o‘zini qurish uchun qancha vaqt talab qilinar ekan?

    Foto: “Daryo”

    G‘uzor tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Risolat Eshqobilovaning masalaga aniqlik kiritishicha, tuman hokimining mazkur qarori shunchaki qog‘ozda qolib ketgan. Filial uchun yangi 120 o‘rinli bino 2019-yil investitsiya dasturiga muvofiq qurilishi rejalashtirilgan. Bino qurilishiga 893 million mablag‘ ajratilgan.

    “Mo‘minobod” qishlog‘ida yashovchi aholi vakillaridan biri Abduvohid Husanov hozirgi kunda kasb-hunar kollejida tahsil oluvchi farzandi ham ayni shu binoda o‘qigan bo‘lib, o‘quv binosida o‘tgan yillar davomida biror marta ham o‘zgarish bo‘lmaganini aytmoqda. Nargiza Arziyeva ismli ota-onalardan birining aytishicha, 2 nafar farzandi ushbu filialda tahsil oladi. “Farzandlarimiz har doim so‘rashadi, bizga ham yangi maktab qurib berisharmikin deb? – deydi Narziga Arziyeva. – Nima deb javob berishni bilmaymiz”.

    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillaridan Sharofiddin Ismoilov va Zokir Rajabovlarning ma’lum qilishicha, qurilish tashkiloti yangi quriladigan filial joyini aniqlashtirib olishganini aytib, buni o‘zgartirish imkoni yo‘qligini ta’kidlagan.

    — Bundan bir necha kun avval tuman hokimi o‘rinbosari ham shu masalada keldi, — deydi Sharofiddin Ismoilov. — Hudud aholisi bilan yangi qurilajak maktab binosi haqida suhbatlashdi. Biz tuman hokimligi vakiliga yangi maktabni barcha uchun qulay bo‘lgan hududda qurishlari lozimligini aytdik.

    Foto: “Daryo”

    Muammoni o‘rganish chog‘ida G‘uzor tuman hokimi o‘rinbosari Ermat Tilayev bilan bog‘lanib, tuman hokimi qarori qabul qilinganiga ham bir yil vaqt bo‘lganligini, ammo natija yo‘qligiga sabab nimaligi bilan qiziqdik. Ermat Tilayev hozir ish bilan uzoq hududda yurganligini aytib, bu borada to‘liq ma’lumotga ega emasligini bildirdi.

    Qambar bobo Ismoilovning aytishicha, filial sifatida foydalanib kelinayotgan bino 1972-yil shiypon sifatida qurilgan bo‘lib, qariyb yarim asrlik bino bugungi kunda bolalar uchun juda xavfli holatga kelib qolgan.

    Qambar Ismoilov.

    Qambar Ismoilov.
    Foto: “Daryo”

    Filial ahvolidan o‘quvchilari orqali xabar topgan to‘garak rahbari Nilufar Samadova “Daryo” muxbiri bilan suhbatda o‘quvchilaridan biri ushbu filial ahvoli haqida unga xabar berib, maktabga olib boruvchi yo‘llarning yomonligiyu, qarovsiz filial binosi o‘quvchilar uchun xavfli ekanligini aytgan.

    — Filial sifatida foydalanilayotgan ushbu shiyponda ilon yoki chayon chiqmaydi deb kim kafolat beradi, — deydi muammo haqida “Daryo”ga xabar bergan murojaatchi Nilufar Samadova. – O‘quvchilarimdan biri ushbu holat haqida yozar ekan, etim jimirlab ketdi. “Nahotki, tumanimizda shunday ahvoldagi maktablar ham bo‘lsa deya”, — o‘zim kelib ko‘rdim.

    Nilufar Samadova.

    Nilufar Samadova.
    Foto: “Daryo”

    — Xudo ko‘rsatmasinu, agar o‘quvchilardan birini gazanda chaqsa, tez yordam ham bir soat deganda yetib keladi, — deydi Qambar bobo Ismoilov. – Shak-shubhasiz bu bino farzandlarimiz uchun xavfli. Tezda bu masalani yechish kerak.

    Ko‘mirxona va hojatxona.

    Ko‘mirxona va hojatxona.
    Foto: “Daryo”

    Maqolani tayyorlash jarayonida murojaatchi Nilufar Samadova “Daryo” muxbiriga qo‘ng‘iroq qilib, holat o‘rganib ketilgach, 21-maktab mas’ullari filialga kelib holat haqida xabar bergan o‘quvchini izlashganini aytdi.

    — Menga bu xususida xabar bergan o‘quvchining kim ekanligini aniqlashtirishga harakat qilishyapti, o‘quvchim esa bundan qo‘rqayapti, — deydi Nilufar Samadova. – O‘quvchim kechadan beri qo‘rquvda. “Agar bilishsa, menga yomon munosabatda bo‘lib, tazyiq o‘tkazishadi deyapti o‘quvchim.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqotga kirishgan o‘quvchi, o‘qituvchisi Nilufar Samadovaning gaplari to‘g‘riligini tasdiqlab, barcha “aybdor”ni izlashga tushganini bildirdi. Shuningdek, uning xabar bergani oshkor bo‘lsa, o‘qituvchilari yomon munosabatda bo‘lishidan qo‘rqayotganini ham aytib o‘tdi.

    Muammoni o‘rganib qaytar chog‘i, bir yildan beri “maktab quramiz” deya va’da berib, aholini xotirjam qilib kelgan tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari “Maktab qurilishi mo‘ljal qilingan-ku, bu xususida to‘xtalish kimga kerak endi” – deya bot-bot takrorlashdi. Tez orada muammoga yechim topilishini ham aytishdi. Biz esa har doimgidek muammo va uning yechimi borasida albatta to‘xtalib o‘tishimizni ma’lum qildik.

    Demak, mas’ullar va’dasini qay darajada eplashini kutamiz... Mavzuga albatta qaytamiz.

    Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Daryo”da G‘uzor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2-umumta’lim maktabining og‘ir ahvoli, cho‘kayotgani xususidagi maqola chop etilgandi. Shundan so‘ng maktabdagi mavjud 28 ta sinf o‘quvchilari maktab yonidagi G‘uzor transport kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan sinfxonalarida o‘qishini davom ettira boshlagandi. Bundan tashqari, Dehqonobod tumanidagi Choshtepa qishlog‘i bolalari jin ko‘prikdan o‘tib maktabga qatnashi va qishloqdagi boshqa muammolar haqidagi maqoladan so‘ng tuman hokimligi mazkur qishloqdan 63-umumta’lim maktabiga qatnovchi 104 nafar o‘quvchining jin ko‘prikdan o‘tib yurishiga chek qo‘yish maqsadida asosiy ko‘prikdan o‘tgan joyda qad rostlagan Sanoat kasb-hunar kollejidan 4 ta sinfxona ajratib, ikki “smena”da o‘qishni yo‘lga qo‘ygandi.

    15.03.2019, 16:07   Izoh (0)   53201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2014-yildan beri ilk marotaba Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul jo‘natmalari 4 mlrd dollardan oshdi

    15.03.2019, 15:56

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya general-gubernatoriga hamdardlik bildirdi

    15.03.2019, 15:43

    Namangan viloyatining sobiq prokurori qamoqqa olingani bildirilmoqda

    15.03.2019, 15:32

    Jizzax neftni qayta ishlash zavodi qurilishi to‘xtatildi

    15.03.2019, 15:04

    Yashnobod hokimligi internetni kuzatmaydimi?

    15.03.2019, 13:29

    Humo Arena ochilish marosimida 6000 nafar mehmon ishtirok etadi

    15.03.2019, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.