Ijtimoiy tarmoqlarda “Qodirovni tergov qilgan prokuror ham qamoqqa olindi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ularda joriy yil 8-mart kuni Namangan viloyatining sobiq prokurori Ulug‘bek Toshev yuqori lavozimdagi amaldorga katta miqdorda pora berayotgan paytda DXX xodimlari tarafidan ushlangani qayd etilgan. Toshev 50 ming AQSh dollar pora berayotgan paytda qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi belgilangan bildirilgan.
O‘zA ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi. Matbuot xizmatida U.Toshevning ushlangani haqida ma’lumot yo‘q ekan.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Toshev Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifidan so‘ng ishdan olingandi. U 2018-yil aprelida Namanganda ish boshlagan, bundan avval Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)