Nyu-Yorkda Gambino mafiya klanining boshlig‘i Frank Kaliga o‘q uzildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea 13-mart kuni Kalining Steyten Aylenddagi uyi yaqinida sodir etilgan. Noma’lum shaxs Kaliga qarata bir necha bor o‘q uzgan. Keyin esa mashinaga chiqib, qochib ketgan. Kali kasaxonaga olib kelingan. U yerda shifokorlar uning o‘lganini qayd etgan.
Hozirda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)