12-mart kuni Shotlandiyaning Ben-Nevis tog‘ida qor ko‘chkisi sodir bo‘lishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikkitasi jarohatlandi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, ko‘chki kunning ikkinchi yarmida Fort-Uilyam shahri yaqinidagi Grampian tog‘ tizmasida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga dori-darmonlar ortilgan vertolyot yetkazilgan.
Ben-Nevis Britaniya orollaridagi eng baland (1345 metr) tog‘ bo‘lib, unda yiliga 260 kun kuchli bo‘ronlar yuz beradi.
Izoh (0)