Liverpulda istiqomat qiluvchi ayol yurak hurujidan so‘ng ingliz tilida rus aksenti bilan so‘zlasha boshlagan, deya xabar beradi “AiF”.
69 yoshli Rouz Griffits 2014-yilda insult yurak hurujini boshdan kechirgan, shundan so‘ng ayol gapirish, o‘qish va yozish qobiliyatini butkul yo‘qotgan.
Shifokorlar, endi uning to‘laqonli hayot kechira olmasligiga ishongan, lekin ayol o‘z ustida juda ko‘p ishlab, tez orada chap qo‘li bilan yozishni o‘rganib olgan.
Keyinchalik, uning nutqi ham qaytgan, ammo ayol tiniq “aksent” bilan so‘zlasha boshlagan.
Shifokorlar, xorijiy aksent sindromini bosh travmasi oqibatida yuzaga kelgani hamda tuzalishi ehtimoli yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)