Venesuelaning deyarli barcha hududida elektr energiyasi ta’minoti tiklandi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Xorxe Rodriges ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“12-mart kuni tushki paytdan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti deyarli to‘liq tiklandi. Nimstansiyalarga elektr yetkazib berilmoqda, endi poytaxt Karakasga suv ham keladi ”, — dedi Rodriges.
Eslatib o‘tamiz, 7-mart kuni Karakas va Venesuelaning aksariyat shtatlari elektr ta’minotisiz qolgandi.
Izoh (0)