Xitoy hukumati Efiopiyadagi aviahalokatdan so‘ng Boeing 737 MAX 8 modelidagi samolyotlar parvozini to‘xtatdi, deya xabar beradi BBC. Hodisa oqibatida 157 kishi halok bo‘lgan, o‘lganlar orasida 35 mamlakat vakili bor.
Halokat sabablari hali ham noma’lum. Boeing halokati hududida qora quti topilgan. Efiopiya davlat televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, bu matnli o‘ziyozardir.
ET-AVJ registratsiya raqamli Boeing 737 MAX 8 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 08:38 da Addis-Abebadagi Bole xalqaro aeroportidan parvoz qilgan va bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas yerga qulagan.
Boeing 737 MAX Boeing 737 samolyotining to‘rtinchi avlodi sanaladi. Ushbu modelning ilk parvozi 2016-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. Samolyot 162-175 yo‘lovchini olib o‘tishga mo‘ljallangan.
So‘nggi besh oy ichida bu Boeing 737 MAX 8’ning ikkinchi halokatidir.
Izoh (0)