Venesuela parlamenti mamlakatning aksariyat hududida elektr energiyasi o‘chirilgani munosabati bilan favqulodda holat joriy qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Favqulodda holat tartibi Venesuela prezidentiga mazkur vaziyatga barham berish uchun iqtisodiy va harbiy resurslarni safarbar qilish imkonini beradi.
Oldinroq muxolifatdagi parlament spikeri Xuan Guaydo mamlakatda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etishga chaqirgan va buni elektr energiyasi o‘chirilishi oqibatida kishilar halok bo‘layotgani, tadbirkorlar zarar ko‘rayotgani bilan izohlagandi.
Izoh (0)