Toshkentda 19-mart kuni Xalqaro kartoshka kuni nishonlanadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Shu kuni Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasida ko‘rgazma va kooperatsion birja bo‘lib o‘tadi. Unda yirik fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilar va o‘g‘it yetkazuvchilar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, riteyl-tarmoqlar egalari, shuningdek, MDH va Yevropadan mehmonlar ishtirok etadi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — kartoshka yetishtirish sohasida hamkorlik va tajriba almashish uchun xalqaro maydonchani yaratish, xorijiy ishlab chiqaruvchilar texnologiyalarini jalb etish.
Tadbir davomida kartoshka fri va yormalarini ishlab chiqarish zavodining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Loyiha Agrover qishloq xo‘jalik kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilgan.
Izoh (0)