10-mart, yakshanba kuni “Marsel” hujumchisi Mario Balotelli Fransiya chempionatining 28-turi doirasida “Nitssa”ga qarshi kechgan o‘yinda g‘alaba golini urdi (1:0).
Italiyalik Liga 1’da 45 yil ichida marselliklar tarkibida o‘z uyida kechgan dastlabki 4 ta uchrashuvida maydonga tushib, gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Qayd etish joiz, Balotelli qishki transferlar vaqtida “Marsel”ga aynan “Nitssa” klubidan kelib qo‘shilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)