Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Madridning “Real” klubi argentinalik mutaxassis Santyago Solarini iste’foga chiqarib, klubning yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi.

Foto: Twitter / @realmadrid

Foto: Twitter / @realmadrid

Unga ko‘ra, “Real”ni yana fransiyalik Zinedin Zidan boshqaradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Zidan bilan Madrid klubi 2022-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Zidan “Real” bilan Yevropa Chempionlar Ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqqandan so‘ng xayrlashgandi.

Zidan 2016—2018-yillarda “Real”ni boshqardi. U Chempionlar Ligasidagi ketma-ket g‘olibliklardan tashqari, 2 bor UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida, shuningdek, 1 martadan Ispaniya Kubogi va Ispaniya La Ligasi g‘olibi bo‘ldi. “Real” fransuz qo‘l ostida 149 ta o‘yin o‘tkazib, 104 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. 16 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, 29 ta o‘yinda durang qayd etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston konditsionerlarni eng ko‘p qaysi davlatga sotayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
“Barselona” transferlari uchun klublardan 142 million yevro qarz
Dunyo
AQSH tarixidagi eng qonli jinoyat, avtomobil sanoatida tub burilish yasagan “Tunuka Lizzi” va ko‘pxotinlikda ayblanib, ushlangan mormonlar yetakchisi. Kun tarixida...