Suriyaning Xims provinsiyasiga o‘rnatilgan mina portlashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi va o‘n bir kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabarda yatilishicha, portlash Palmir shahri yaqinida joylashgan Arak qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Dastlab Hama provinsiyasidagi Najm-az-Zuhur qishlog‘ida mina portlashi oqibatida ikki nafar yosh bola halok bo‘lgan. Qattiq portlovchi bu minalar ushbu hududni nazorat qiluvchi IShID jangarilari tomonidan qo‘yilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)