Prezident farmoyishiga asosan Sirojiddin Eshmatov Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
Sirojiddin Eshmatov 1971-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 1999-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Soliq tizimidagi faoliyatini 1992-yilda Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik vazifasidan boshlab, 27 yil davomida viloyat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)