Mart—aprel oylarida Janubiy Koreya poytaxti Seulda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan madaniyat tadbirini o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu madaniyat bayramida o‘zbekistonlik san’atkor va ijodkorlar ishtirokida katta konsert uyushtiriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada bir qator muzokaralar olib borgan.
Tashrif doirasida u “Janubiy Koreya—Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi kotibiyati direktori Lim Chyol Vi bilan uchrashgan. Uchrashuvda ikki mamlakat madaniyat vakillari ishtirokida hamkorlikdagi madaniy tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olingan.
Sentabr oyida O‘zbekistonda Koreya ko‘rgazmasini tashkil etishga kelishilgan. Bundan tashqari, 2020-yilda O‘zbekiston muzey xodimlarining Janubiy Koreyada malaka oshirishlari masalasida muzokaralar olib borilgan.
Izoh (0)