O‘zbekiston Respublikasi FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi mamlakatda 9—12-mart kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, 9-martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 10—12-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 9 va 12-martda 15-20 daraja iliq, 10—11-martda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9-martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 10—12-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 9-martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 10—12-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9—11-martda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)