8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan poytaxtning jamoat joylarida bayramni nishonlash aksiyasi o‘tkazilmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.
Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ittifoqi faollari poytaxtning katta maydonlari, odamlar gavjum joyda va metroga kiraverishda gul va sakkiz raqami ko‘rinishida ko‘krak nishonlarini sovg‘a qilmoqda.
Bundan tashqari, shahar ko‘chalarida o‘rnatilgan katta ekranlarda o‘zbek estradasi, kino va sporti vakillari ishtirokidagi bayram tabrigi namoyish etilmoqda.
Hokim o‘rinbosari Elbek Shukurovning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi “gullar sovg‘asi” budjeti taxminan 150 million so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)