Maxachqalada respublikada konsert tashkilotchilariga tahdid qilishda gumon qilinayotgan Instagram’dagi “Imom Dog‘iston” sahifasi administratori Ahmad Israpilov qo‘lga olindi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Dog‘iston IIV tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Unga Yegor Kridning konserti va respublikadagi “AniDag” animatsion festivalining bekor bo‘lishiga olib kelgan hamda “Erkaklar ovi” spektakli aktyorlariga qaratilgan tahdidlarga sabab bo‘lgan postlari uchun qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, bu malakatda internet tarmog‘idagi buzg‘unchilik uchun ilk qamoqqa olish jazosi. Tergov davom etmoqda. Barcha buzg‘unchilar javobgarlikka tortiladi.
Izoh (0)