4—6-mart kunlari O‘zbekiston milliy universiteti delegatsiyasi Berlin texnika universitetida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqining Erasmus+dasturi doirasida “NICOPA – Aniq qishloq xo‘jaligida yangi va innovatsion kurslar” loyihasi bo‘yicha dastlabki uchrashuvda qatnashdi. Bu haqda O‘zMU matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, loyihaning asosiy maqsadi OTMlarda qishloq xo‘jaligini aniq va maqsadli tashkil etish bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlar o‘quv dasturlarini yangi va innovatsion kurslar bilan boyitish, modernizatsiya qilish, Yevropa kredit tizimini joriy qilish, talabalarni Yevropa OTMlarida akademik mobillik orqali o‘zaro bilimlarini almashishga keng imkon yaratishdir.

Foto: “Daryo”

Mazkur loyihada Yevropaning Berlin texnika universiteti (Germaniya), Plovdiv nomidagi qishloq xo‘jalik universiteti (Bolgariya), Chexiya qishloq xo‘jaligi universiteti (Chexiya), Markaziy Osiyoning S.Seyfulin nomidagi Qozog‘iston Agro texnika universiteti, S.Ualixanov nomidagi Kukshetau davlat universiteti, M.Kozibayev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston davlat universiteti, S.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti, Turkman davlat arxitektura va qurilishi instituti, Turkman qishloq xo‘jalik instituti, O‘zbekistondan O‘zMU, TATU, TIQXMI ishtirok etadi. O‘zMU loyihaning O‘zbekiston uchun umumiy koordinatori hisoblanadi.

Foto: “Daryo”

O‘zMU delegatsiyasi uchrashuv doirasida Berlin TU va Engineering consulting and management for Space Technologies (ECM) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokara olib bordi va shartnomalar imzolandi.