7-mart kuni Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya tomon O‘zbekistonga 200 ming tonna shakar yetkazib berish uchun kvota so‘radi, deb xabar berdi Sputnik.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevning aytishicha, 2018-yilda Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonga 193 ming tonna shakar yetkazib bergan. Bu yil esa Rossiyadan shakar sotib olish to‘xtatildi va Eron, Pokiston, Ukraina va Belarusdan shakar sotib olish hajmi esa oshgan.
“Oldin Rossiya O‘zbekistonga juda ko‘p shakar yetkazib berar edi, lekin hozir raqobat kuchaygan, narxlarni bozorning o‘zi belgilamoqda”, — deydi vazir.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari tarixini hisobga olganda, O‘zbekiston bozorida rossiyalik ishlab chiqaruvchilar uchun katta istiqbollar mavjud.
Izoh (0)