Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”—“Lokomotiv” uchrashuvi boshqa muddatga ko‘chirildi. Bu haqda PFL xabar berdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Uchrashuv 8-mart, juma kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. “Paxtakor” jamoasining murojaatiga asosan Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”—“Lokomotiv” uchrashuvi 16-mart kuniga ko‘chirildi. Bunga 11-mart kuni “Lokomotiv” Qatarda “Al-Rayyan” mehmoni bo‘lishi, 12-mart kuni esa “Paxtakor” o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasini qabul qilishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 1-turida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Al-Vahda”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang natijani qayd etdi (1:1).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi