Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida vaqtincha Samarqandda yashab kelgan Iroq fuqarosiga nisbatan bosqinchilik qilgan shaxslarning sud ishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda JIB Samarqand shahar sudi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aleksandra Bezpyatova va Raid Muhammad Rizo Abdulrasul.

Aleksandra Bezpyatova va Raid Muhammad Rizo Abdulrasul.
Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, 1989-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Aleksandra Bezpyatova Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan birida Iroq fuqarosi Raid Muhammad Rizo Abdulrasul bilan tanishib qolgan. Ayol Rizo Abdulrasulni avvaliga Qozog‘istonga, keyin O‘zbekistonga olib kelgan.

Aleksandra Bezpyatova 1987-yilda tug‘ilgan Abdurahmon O‘rozov bilan jinoiy til biriktirib, Raid Muhammad Rizo Abdulrasulning shaxsiy mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Ular 2018-yilning 21-iyun kuni soat taxminan 05:00 atrofida Samarqand shahridagi vaqtinchalik uyida bo‘lgan Raid Muhammad Rizo Abdulrasulga tosh yordamida o‘lim bilan tajovuz qilib, tanasining turli qismlariga ko‘p miqdorda tan jarohati yetkazgan. Jinoyatchilar Iroq fuqarosidan 1300 turk lirasi, 2 350 dollar, 350 000 so‘m hamda 800 iPhone 5s telefonini olib qo‘ygan.

Umumiy qiymatda 27 386 250 so‘m boylikka ega chiqqan O‘rozov va Bezpyatova qasddan Raid Muhammad Rizo Abdulrasulning fuqarolik passportini olib, unga jiddiy zarar yetkazgan.

O‘rozov va Bezpyatova jinoyat sodir bo‘lgan kunning o‘zida, soat 11:00 atrofida jabrlanuvchiga o‘ldirish bilan tahdid qilib, butun tanasiga jarohatlar yetkazib 4 000 dollar pulini ham qo‘lga kiritgan.

Faxriddin Xo‘jaqulov Iroq fuqarosini davlatdan chiqarib yuborish evaziga O‘rozov va Bezpyatovadan 400 dollar olgan. Xo‘jaqulov Raid Muhammad Rizo Abdulrasulni Toshkentga jo‘natib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudya G‘ayrat Negmatov raisligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sodir bo‘lgan jinoyat tafsilotlari muhokama qilinib, sudlanuvchilar va jabrlanuvchining fikrlari atroflicha o‘rganilib sud hukmi e’lon qilidi.

Sud hukmiga ko‘ra, Abdurahmon O‘rozov va Aleksandra Bezpyatova Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi “a, b, v” bandlari va 227-moddaning (Hujjatlarga shikast yetkazish) 2-qismi “a” bandi bo‘yicha bo‘yicha aybli deb topildi. O‘rozov 8 yil 2 oyga, Bezpyatova 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Faxriddin Xo‘jaqulov Jinoyat Kodeksining 171-moddasi (Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish) 1-qismi va 241-moddaning (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?