Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning aprel oyida Missisipi gubernatori savdo missiyasi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Spot.

Foto: The Manufacturer

Foto: The Manufacturer

Xabarda aytilishicha, Missisipi shtati gubernatori Fil Braynt 1992-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurgan Amerika shtati rahbari bo‘ladi.

Braynning aprel oyida tashrifidan so‘ng may oyida ikki davlat rahbarining tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yildayoq AQSh va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida bir necha milliard dollarlik shartnomalar imzolangan.

Qayd etilishicha, gubernator “quruq qo‘l bilan” kelmaydi. U Missisipining yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat, jumladan, Amerikaning eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya — Uncle Ben’s zavodi savdo delegatsiyasiga boshchilik qilishi rejalashtirilmoqda.

Uncle Ben’s — tezpishar guruch va u bilan bog‘liq oziq-ovqat mahsulotlari brendi. Shuningdek, konservalangan sous, ketchuplar bilan ham mashhur. Twix, Bounty, Orbit va boshqa ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Mars korporatsiyasiga qarashli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi