“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining Angliya chempionati 29-turida “Everton” bilan kechgan o‘yindagi durang natijasiga izoh berdi (0:0).
Uning fikricha, mersisaydliklarning g‘alaba qozonishiga kuchli shamol to‘sqinlik qilgan.
“Bir necha sabablarga ko‘ra uchrashuv biz uchun qiyin kechdi. O‘yin davomida har tomondan kuchli shamol esdi. Shuning uchun to‘p uzoq vaqt davomida havoda bo‘ldi. Bilaman, buni sabab qilib ko‘rsatishim ko‘pchilikka yoqmaydi”, — deya Kloppning gaplarini keltirib o‘tadi Squawka.29-turdan so‘ng “Liverpul” 70 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘ringa tushib qoldi. Endilikda “qizillar” yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan “Manchester Siti”dan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)