“Akanda” klubining gabonlik futbolchisi German Sing o‘yin vaqti yiqilib tushdi. Shundan so‘ng u tez yordam mashinasi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi. Bu haqida nigeriyalik jurnalist Oluvashina Okeleji o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.
Sing 30 yoshda edi.
“Gabon futboli vakillari “Akanda” o‘yinchisi German Sing bilan yuz bergan fojiadan qayg‘uda”, — deb yozadi Okeleji o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)