• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining binosi jahon islom arxitekturasining faxri bo‘ladi (foto)

    O‘zAda jurnalist Xurshid Qodirovning Islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi jarayoni haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liq e‘tirboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining binosi jahon islom arxitekturasining faxri bo‘ladi”. Nafaqat yurtimiz, balki ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar xalqlarining ham tili va dilidan joy olishga ulgurgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining qurilish maydonchasiga kiraverishda ana shunday ilhombaxsh yozuv bitilgan.

    Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bunyod etilayotgan tarixiy markaz binosi bilan tanishar ekanmiz, yo‘l-yo‘lakay uning bir yarim yillik faoliyati va istiqbol rejalari haqida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov so‘zlab berdi.

    G‘oyasiga mos mahobatli bino

    – Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot insonga yaratilgan ne’matlar miqdori va ko‘lamini kengaytirmoqda, turmush tarzi yuksalib bormoqda. Ayni paytda tabarruk islom dinimizning mazmun-mohiyatini noto‘g‘ri tushunish, noto‘g‘ri talqin qilish sababli turli ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolayotgan, diniy mansubligiga qarab boshqalarga tazyiq, bosim va zo‘ravonlik munosabatida bo‘layotganlar soni kamaymoqda, deb ayta olmaymiz. O‘z mohiyatiga ko‘ra tinchlik, insonparvarlik, yuksak axloq va bunyodkorlik dini bo‘lgan islomni soxtalashtirishdan himoya qilish, terror va ekstremizm g‘oyalariga qarshi vositani islom dinining yuksak shiorlaridan topish kerak.

    Shu maqsadda 2017-yil 23-iyunda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2017-yil 1-sentabr kuni davlatimiz rahbari Hazrati Imom majmuasida tashkil etilayotgan Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif etdi. Ushbu taklifni hamma birdek mamnuniyat bilan qabul qildi.

    Prezidentimiz Hazrati Imom majmuasida bir necha marta bo‘lib, markazning qurilish jarayoni bilan tanishdi. Markaz qurilishi bo‘yicha taqdim qilingan loyihaga alohida e’tibor qaratib, bu markaz bizning islom ma’rifati targ‘ibotidagi yuzimiz bo‘lishini, shunday ekan, uning tashqi ko‘rinishidan tortib, bu yerda ishlatiladigan qurilish materiallarigacha e’tibor berish lozimligini ta’kidladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Markaz uchun 9,1 gektar maydon ajratilgan. Bino milliy an’anaviy usulda qurilmoqda. Ushbu hududga kiraverishda ko‘zingiz dastlab “Bu yerda tarix yaratilmoqda”, degan yozuvga tushadi. Darhaqiqat, bu yerda uzoq kutilgan tarixiy maskan qad rostlamoqda. Markaz, avvalo, me’moriy va binokorlik nuqtai nazaridan nihoyatda ulug‘vor, muhtasham va noyob bo‘ladi. Kuni kecha markazga tashrif buyurgan ozarbayjonlik jurnalistlardan biri “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining binosi jahon islom arxitekturasining faxri bo‘ladi”, dedi.

    Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqiga “Ilm olish har bir mo‘min va mo‘mina uchun farzdir”, deb yozib qo‘yilgan. U madrasa uzoq yillar davomida oliygoh vazifasini bajargan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy kirish qismi Ulug‘bek madrasasidan andoza olingan holda bunyod etilmoqda.

    Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz!

    Bu yerda yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk islom ulamolari, jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkirlar, rassom va xattotlarga oid boy ma’lumotlar mujassam bo‘ladi. Ushbu majmua o‘zida nodir eksponatlarga boy Islom san’ati muzeyi, kutubxona va qo‘lyozmalar fondini mujassam etadi. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan asos solingan ilmiy, diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma, toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, video-foto hujjatlar bilan boyitiladi. Shu bilan birga, bu yerda keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boriladi. Bolalar fondi tashkil etilib, unda yoshlar uchun turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Maxsus delegatsiyalarni qabul qiladigan, ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan va dissertatsiyalar himoya qilinadigan xonalar bo‘ladi. Bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun bir vaqtning o‘zida islom olamining o‘nlab eng yorqin namoyandalari hayoti va faoliyati bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, binoda 350 o‘rinli konferensiyalar zali ham barpo etilmoqda.

    Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yilib, natijalaridan keng jamoatchilik xabardor qilib boriladi. Jahon ahlini bir maqsad – jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

    Bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, UNESCO, AYSЕSKO kabi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Markazga nodir kitoblar kolleksiyasi sovg‘a qilindi

    O‘tgan bir yarim yilda dunyoning 11 mamlakati xalqaro markazlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan, Oksford islom tadqiqot markazi, Parij milliy kutubxonasi, Arab dunyosi instituti, Rossiya – Saudiya Arabistoni qo‘shma merosni o‘rganish bo‘yicha jamg‘arma, Sulaymoniya kutubxonasi qo‘lyozmalar fondi va boshqa muzey, markaz, jamg‘armalar bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda. Parijdagi Sharq xalqlari tillari va adabiyoti kutubxonasiga mamlakatimizda o‘zbek tilida chop etilgan kitoblar yubordik.

    Bugungi kungacha 40 dan ortiq mamlakatda markazimiz haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Bu ko‘pchilikda qiziqish ortishiga, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro e’tirofiga sabab bo‘ldi.

    Ayni paytda Rossiyada istiqomat qilib kelayotgan tadbirkor vatandoshimiz, san’at va madaniyat, ilm va sport homiysi Alisher Usmonov Islom sivilizatsiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bo‘lgan 4 ming 918 nomdagi nodir kitoblar kolleksiyasini tuhfa qildi. Ushbu bebaho kolleksiyada sharqshunoslik va islom olamining Yevropaga ta’siriga doir XIII asrdan boshlab to hozirga qadar lotin, ingliz, fransuz, nemis tillarida chop etilgan noyob kitoblar jamlangan. Ushbu kitoblarning ingliz tilidagi katalogi ayni paytda o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Nodir kitoblar orasida Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobining ilk lotincha tarjimasi ham bor. Shuningdek, o‘ta noyob sanalgan “Musulmon manbalarini tarjima qilish uchun lotincha-arabcha lug‘at” nomli qo‘llanma ham mavjud. Beruniy, Farg‘oniy singari ulug‘ ajdodlarimizning ayrim asarlari yo‘qolib ketgan, bizgacha yetib kelmagan. Ammo bu asarlarning lotin tilidagi tarjimalari saqlanib qolgan. 1200-1300 yillarga taalluqli o‘sha lotincha-arabcha lug‘atlar yordamida ajdodlarimizning lotin tilidagi ilmiy merosi asliyatda qanday bo‘lganini bemalol o‘rganishimiz mumkin.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Kitoblar kolleksiyasi “Sharq va G‘arb”, “Sharqning Yevropaga ta’siri” kabi ikki katta bo‘limdan iborat. “Zafarnoma”ning ham arabcha, ham lotincha tarjimalari bor. 1636-yilda Londonda nashr etilgan ikki jildli arabcha-lotincha lug‘atni tahlil qilayapmiz.

    Aholi qo‘lida ham qo‘lyozma va toshbosma kitoblar bor. O‘sha kitoblar ekspertlar xulosasiga ko‘ra baholanib, sotib olinmoqda. Amerikadan bir vatandoshimiz mashhur arab tarixchisi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning 10 jildli kitobini markazga hadya tariqasida yuboribdi.

    Hozir sotib olingan qo‘lyozmalarning o‘zi 1000 nusxadan oshdi. Bundan tashqari, 800 dan ortiq toshbosma asarlar yig‘ildi, 3 mingga yaqin allomalarimizning zamonaviy nashrdagi kitoblari mavjud. Markazda elektron kutubxona yaratilmoqda. Unda ayni paytda 30 mingga yaqin kitob bor.

    Markaz binosiga ko‘chib o‘tsak, elektron kutubxonadan dunyoning istalgan nuqtasidan turib foydalanish imkoniyati yaratiladi. Qo‘lyozmalarni ham elektron kutubxonaga joylashtiramiz. Islom hamkorligi tashkiloti bilan hamkorlikda yagona elektron kutubxona tuzish to‘g‘risida muzokaralar olib boryapmiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xorijdan qo‘lyozmalarning faksimile nusxasini olib kelyapmiz. Masalan, Fransiyadan “Al-jome al-sahih”ning nusxasini olib keldik. Istanbuldan Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”sining bebaho nusxasini sotib olishga muvaffaq bo‘ldik. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarining 1650 yilda ko‘chirilib, miniatyuralar bilan bezatilgan juda nodir nusxasi olib kelindi.

    Kitoblar fondi kun sayin kengaymoqda. Markazda restavratsiya sexi ishga tushirildi. Bu yerda “kasal” bo‘lgan kitoblar, qo‘lyozmalar tiklanmoqda.

    Somoniylar davridagi Buxoro kutubxonasi Iskandariya kutubxonasidan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. Bizning ham shunaqa boy va noyob kitoblar fondini yaratish niyatimiz bor. Faoliyatimizni 100 ming jild bilan boshlash, kitob fondini 200 mingga yetkazishni rejalashtirganmiz.

    Prezidentimiz yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor bermoqdalar. Chunki bu zamon talabidir. Biz diniy, ilmiy sohada yetuk kadrlar tayyorlashga ham hissa qo‘shamiz. Xattotlik, muqovasozlik, eski turk (chig‘atoy tili), arab, fors, lotin, ingliz va fransuz tillarini o‘rgatish va ular orqali manbashunoslikni keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ishlar qilinadi.

    Markaz binosi 2020-yil kuzda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. 2020-yil noyabr oyida O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Doimiy qo‘mitasi sammitiga mezbonlik qiladi. O‘shanda, nasib etsa, Islom sivilizatsiyasi markazi konferensiyalar zali o‘zining ilk mehmonlarini qabul qiladi.

    02.03.2019, 12:50   Izoh (0)   53228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan kollej davlatga qariyb 12 million so‘m zarar yetkazdi

    02.03.2019, 12:35

    Sharq miniatyura san’ati muzeyida Toir Boltaboyevning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi (foto)

    02.03.2019, 12:10

    Qashqadaryoda 60 ming dollarlik tibbiy uskunalar mutaxassis yetishmasligi sabab ishlatilmayapti

    02.03.2019, 11:20

    Shavkat Mirziyoyev: Vazni ortiqcha xodim qanday qilib jinoyatchini tutadi?

    02.03.2019, 10:05

    Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning shaxsi aniqlandi

    02.03.2019, 09:35

    Shavkat Mirziyoyev Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisiga tabrik yo‘lladi

    01.03.2019, 21:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.