2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 29-turi doirasida navbatdagi 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi safarda “Bornmut” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
To‘qnashuvning 55-daqiqasida Riad Mahrez tomonidan kiritilgan yagona gol “shaharliklar”ga g‘alaba keltirdi va jamoa navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi o‘z maydonida “Sauthempton”ni qabul qildi.
Bellashuvning 26-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Yann Valeri uzoq masofadan De Xea darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 54-daqiqaga kelib Andreas Pereyra hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Romelu Lukaku “qizil iblislar”ni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 75-daqiqada esa yarim himoyachi Jeyms Uord-Prouz jarima zarbasidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 1 daqiqa qolganda Romelu Lukaku yana gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minlandi.
APL
29-tur bahslari
2-mart, shanba
“Bornmut”—“Manchester Siti” 0:1
Gol: 0:1 — 55 Mahrez“Byorton”—“Haddersfild” 1:0
Gol: 1:0 — 79 Andone“Byornli”—“Kristal Pelas” 1:3
Gollar: 0:1 — 15 Bardsli, 0:2 — 48 Batshuayi, 0:3 — 76 Zaha, 1:3 — 90 Barns“Manchester Yunayted”—“Sauthempton” 3:2
Gollar: 0:1 — 26 Valeri, 1:1 — 54 Pereyra, 2:1 — 59 Lukaku, 2:2 — 75 Uord-Prouz, 3:2 — 89 Lukaku“Vulverhempton”—“Kardiff” 2:0
Gollar: 1:0 — 16 Yоtа, 2:0 — 18 HimenesYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!