Ijtimoiy tarmoqning Telegram messenjerida Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasining @xorazmiib_bot deb nomlangan boti ishga tushirildi, deb xabar berdi Xorazm IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda fuqarolar Xorazm viloyati hududidagi jinoyat va huquqbuzarlar to‘g‘risida ushbu bot orqali Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasiga xabar berishlari mumkin.
Xabarda aytilishicha, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Izoh (0)