Viloyat hokimi sadoqati, halolligi va mehnatsevarligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Shavkat Mirziyoyev bu haqda Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ta’kidladi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Davlat rahbariga ko‘ra, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov shunday xislatlarga ega.
— Asosiysi, Xayrullo Bozorov befarq emas, tashabbuskor, ko‘p takliflar aytadi. Unga ishonaman va katta vakolatlar beraman, — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev kelgusida hududlardagi muhit, rahbarlar, xususan, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini o‘rganadigan, bevosita Prezidentga bo‘ysunadigan tuzilma ish olib borishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Namanganda Prezident raisligidagi viloyat faollari yig‘ilishi 5 soatdan oshiq davom etdi.
Izoh (0)