“Manchester Yunayted” kelasi mavsumdan Ole-Gunnar Sulsherni jamoaning to‘laqonli bosh murabbiyi sifatida tasdiqlashi mumkin.
ESPN’ning xabar berishicha, hozirda klub rahbariyati Sulsherdan boshqa variantni ko‘rmayapti. “Qizillar” boshqa mutaxassis bilan shartnoma imzolamaydi.
Dastlab “Yunayted” Sulsherni mavsum oxiriga qadar nomzod sifatida hisoblagan bo‘lsa-da, keyinchalik taniqli murabbiyni taklif qilishni rejalashtirgandi. Uning o‘rni esa ortda qolgan davrda sezilarli darajada mustahkamlandi.
Joze Mourinyo klubni tark etgandan so‘ng “qizil iblislar” Sulsher qo‘l ostida 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Shulardan 12 tasida g‘alaba qozondi, 2 ta uchrashuvda durang natija qayd etgan bo‘lsa, atigi bitta bellashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)