Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vazirligi maslahatchisi Bekir Karliga boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Abu Rayhon Beruniy haqidagi filmni suratga olish tafsilotlarini muhokama qilishdan iborat, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Turkiyalik kinematografchilar guruhi “Sivilizatsiya bilimdoni — Beruniy” hujjatli filmini suratga olishni rejalashtirmoqda.
Loyiha va ssenariy muallifi bo‘lgan Karliganing so‘zlariga qaraganda, bunday keng ko‘lamli ish uch bosqichga bo‘linadi: “Birinchisi bu suratga olish joyini tanlash. Ikkinchisi — tarixchilar bilan muntazam hamkorlik. Bugungi kunda bu Turkiya, Gollandiya va o‘zbekistonlik 15 ekspertdan iborat guruhdir. Uchinchisi — hujjatli filmning jonlanishi, unda professional aktyorlar ishtirokidagi badiiy sahna paydo bo‘ladi. Mazkur jarayonda o‘zbek artistlarining ishtiroki juda muhim”.
Film budjeti hozircha noma’lum, bu suratga olish guruhini O‘zbekistonda qanday xarajatlar kutayotganligiga bog‘liqdir.
Bundan tashqari, rejissor “Sivilizatsiya qomusiy olimi — Ibn Sino” va “Ulug‘bek va uning rasadxonasi” hujjati filmlarini suratga olish niyatida.
Delegatsiya O‘zbekistonda 2019-yilning 4-martiga qadar bo‘lish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Kesh, Urganch va Xivaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)