Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning “Batkivshina” partiyasi rahbari va Ukraina prezidentligiga nomzod Yuliya Timoshenko tarafdorlari bilan birga amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoga nisbatan impichment jarayoni boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Izvestiya

Foto: Izvestiya

Ushbu e’lonni Timoshenko Oliy Radada chiqish qilayotgan paytida aytgan.

“Sizlarga shuni e’lon qilamizki, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan boshqa fraksiyalar bilan birgalikda prezidentga nisbatan impichment jarayonini boshlaymiz”, — deydi Timoshenko.

Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar Poroshenkoning atrofidagilar mudofaa sanoati korxonalaridagi o‘g‘riliklarga aloqador deb topgan jurnalistik tekshiruv natijalari sababli shunday qaror qabul qilgan. Shuningdek, u bunday harakatlar “davlatga xiyonat” deb baholanishi mumkinligini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)