Rossiyaning Kaluga viloyatida o‘zbekistonlik fuqaro Balabanovo shahrining bog‘ hududida ikki ayolning nomusiga tegishga urindi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Huquq-tartibot organlariga ikki ayoldan xabar kelib tushgan. Ular 15 va 16-fevral kunlari noma’lum erkak nomusga tegishga uringanligini ma’lum qilgan. Jabrlanuvchilar faol qarshilik ko‘rsatganligi sababli jinoyatchi jinoiy qilmishini oxiriga yetkaza olmagan.
Har ikkala fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hujum qilgan erkakning shaxsini aniqlash uchun taxminiy jinoyatchining portreti yaratilgan. Surishtiruv davomida har ikkala fotorobotlarda o‘xshashlik aniqlangan.
Tezkor-surishtiruv tadbirlari davomida 21-fevral kuni jinoyatchi aynan o‘sha bog‘ hududida qo‘lga olingan. U Rossiyaga ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik 24 yoshli ishsiz fuqaro ekanligi aniqlangan.
Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)