O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi qo‘shimcha dam olish kunlari to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan o‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi, deb yozadi UzNews.
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar 4 kalendar kuni dam oladi: 21-mart (payshanba) — bayram dam olish kuni, 22-mart (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni, 23-mart (shanba) — kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 24-mart — kalendar bo‘yicha dam olish kuni.
Shuningdek, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni ham dam olish kuni hisoblanadi.
Shu tariqa, dam olish kunlarini hisobga olganda, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan o‘zbekistonliklar jami 13 kun, qolgan fuqarolar — 8 kun dam oladi.
Izoh (0)