Ispaniyada qo‘shiqchi Shakira sudga chaqirtirilgani haqida “Exo Moskvi” xabar berdi.
Kolumbiyalik qo‘shiqchi 12-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan sud yig‘ilishida ishtirok etishi kerak. Shakira 14,5 million yevro soliq to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda.
Bu Shakira 2012—2014-yillar oralig‘ida Ispaniyada “Barselona” klubi futbolchisi Jerard Pike bilan yashagan paytlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Mahalliy qonunlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda Shakira avtomatik ravishda soliq rezidentiga aylangan va soliqlarni, shu jumladan, mamlakatdan tashqaridagi daromadlaridan soliqlarni to‘lashga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)