26-fevral kuni KXDR rahbari Kim Chen In AQSh bilan bo‘ladigan sammitda qatnashish uchun Xanoy shahriga yetib keldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Vyetnamgacha u zirhli poyezdda kelgan, keyin esa avtomobilga o‘tirib Xanoyga kelgan. Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u uch ming kilometrdan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan.
23-fevral kuni Kim Chen In Pxenyan vokzalidan yo‘lga chiqqan. Unga singlisi Kim Yo Chjon, Tashqi ishlari vaziri Li Yon Xo va Xalq qurolli kuchlari vaziri No Gvan Chxol hamrohlik qilgan.
Xorijiy safarga chiqayotganda Kim Chen In sekin yuradigan zirhli poyezddan foydalanadi. Xitoydagi norasmiy uchrashuvga ham mana shunday poyezdda borgan. O‘shanda jurnalistlar poyezd “sharob bilan to‘latilgan” deya xabar bergan edi.
Vyetnamda, xuddi avvalgi sayohatlar kabi soqchilar KXDR rahbarining limuzini harakatlanayotgan paytida yugurib qo‘riqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni Singapurda KXDR va AQSh davlat rahbarlarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tgan edi. Unda Kim Chen In va Tramp hamkorlik deklaratsiyasini imzolagan edi.
Izoh (0)