• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dehqonobod tumani hokimligi jin ko‘prikni fosh etgan maqolaga munosabat bildirdi

    Dehqonobod tumani hokimligi, tumanning “Choshtepa” qishlog‘idagi jin ko‘prikni fosh etgan maqolaga munosabat bildirib, maqoladan so‘ng amalga oshirilgan ijobiy ishlar haqida ma’lum qildi. Hokimlik shuningdek, “Daryo”ga yo‘llagan munosabat xatida ijobiy o‘zgarishlarni tahririyat jurnalisti o‘z ko‘zi bilan ko‘rib ketishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan. Taklifga binoan “Daryo” muxbiri “Choshtepa”da bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Obiravon qishloq fuqarolar yig‘iniga kirib borishimiz bilan yo‘l ustidagi ko‘prik yonida qum-shag‘al tashiyotgan 2 ta yuk mashinasi va yo‘lni tekislayotgan “Greder”ga duch keldik.

    “Obiravon” QFYga olib boruvchi, 1978-yilda qurilgan ko‘prik.

    “Obiravon” QFYga olib boruvchi, 1978-yilda qurilgan ko‘prik.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Maqoladan so‘ng “Obiravon” QFYga olib kiruvchi, 1978-yilda qurilgan asosiy ko‘prik yonidan o‘tuvchi “Choshtepa” qishlog‘ining bir yarim kilometrlik yo‘lini ta’mirlash ishlarini boshlab yubordik”, — deydi tuman hokimi Zoir Aliqulov. – Mazkur yo‘ldan ilgari ham foydalansa bo‘lardi, albatta. Ammo ba’zi joylari talabga javob bermagani uchun aholiga noqulaylik tug‘dirgan. Shuning uchun qishloq markazigacha bo‘lgan masofaga qum-shag‘al yotqizib, tekislab chiqyapmiz. Endi loygarchilik paytida ham bemalol kirib-chiqsa bo‘ladi”.

    Foto: “Daryo”

    Tuman hokimligining munosabat xatida aholining “Daryo” muxbiriga bergan ma’lumotida tilga olingan qishloqqa olib kiruvchi 3 kilometrlik yo‘l, aslida 1,5 kilometr bo‘lib, “Boyqo‘rg‘on pahlavoni” xususiy korxonasiga tegishli ekin maydonidan o‘tganligi aytiladi. Tuman hokimligiga ko‘ra, mazkur yo‘lni aholi o‘zboshimchalik bilan yo‘l qilib olgan. Aslida qishloqqa olib kiruvchi asosiy yo‘l 1,3 kilometr bo‘lib, hozirda ta’mirlanmoqda.

    “Choshtepa” qishlog‘iga olib kiruvchi 1,3 kilometrlik yo‘l ta‘mirlanmoqda.

    “Choshtepa” qishlog‘iga olib kiruvchi 1,3 kilometrlik yo‘l ta‘mirlanmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Qishloqqa ikkinchi marotaba qilgan safarimiz chog‘ida tuman hokimligi mutasaddilari qishloqqa olib kiruvchi 2 ta shunday yo‘lni ko‘rsatishdi. Ko‘rgan yo‘llarimizning biri haqiqatdan ham ekin maydonidan o‘tgan bo‘lib, loygarchilik paytida o‘tib bo‘lmas darajaga kelishi ko‘rinib turibdi. Mutasaddilar ko‘rsatgan ikkinchi yo‘l esa o‘sha qum-shag‘al to‘kilib, ta’mirlanayotgan yo‘l ekan.

    “Choshtepa” qishlog‘iga olib kiruvchi 1,3 kilometrlik yo‘l ta‘mirlanmoqda.

    “Choshtepa” qishlog‘iga olib kiruvchi 1,3 kilometrlik yo‘l ta‘mirlanmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholi bilan dastlabki muloqotimizda qariyb 50–60 nafar kishi davrasida bo‘lgan bo‘lsak, aqalli biror kishi aytilayotgan yo‘l ekin maydonidan o‘tganligini tilga olmagandi. Hatto Obiravon QFY raisi Abdiolim Yaxshiboyev ham.

    “O‘shanda aholi ekin maydoni o‘rtasidan o‘tgan yo‘lni nazarda tutayotganini men ham bilmabman” – deydi rais buva.

    Ekin maydonidan o‘tgan yo‘l.

    Ekin maydonidan o‘tgan yo‘l.
    Foto: “Daryo”

    “Agar ekin maydoni nazarda tutilgan bo‘lsa, ekin maydoniga qum-shag‘al to‘kib, ta’mirlashning imkoni yo‘q, — deydi tuman hokimi Zoir Aliqulov. — Boisi bu yerga g‘alla ekilgan. G‘allani payhon qilib, yo‘l o‘tkazib bo‘lmaydi. Qolaversa, tadbirkor ham bunga izn bermasligi tayin. Ko‘prik yonidagi yo‘l aytilgan bo‘lsa, yo‘l foydalanish uchun bugun shay holatga keltirildi”.

    Ma’lum bo‘lishicha, tuman hokimligi mazkur qishloqdan 63-umumta’lim maktabiga qatnovchi 104 nafar o‘quvchining jin ko‘prikdan o‘tib yurishiga chek qo‘yish maqsadida asosiy ko‘prikdan o‘tgan joyda qad rostlagan Sanoat kasb-hunar kollejidan 4 ta sinfxona ajratib, ikki “smena”da o‘qishni yo‘lga qo‘ygan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hozirda 104 nafar o‘quvchimiz kollej binosidan ajratilgan sinfxonalarda tahsil olishni boshladi, — deydi 63-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari Xudoyberdi Ahmedov. – Ilgari 63 nafar o‘quvchimiz o‘sha jin ko‘prikdan o‘tib, maktabga borardi. Ayni kunda esa bunga hojat qolmadi”.

    Xudoyberdi Ahmedov.

    Xudoyberdi Ahmedov.
    Foto: “Daryo”

    Tumangaz korxonasi rahbari Normengli To‘laganov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki maqolada tilga olingan gaz ballon haqidagi muammo, bugungi kunda butkul bartaraf etilgan.

    “Mazkur qishloqdagi gaz ballonga ehtiyoji bor 17 ta xonadon 55 litrlik gaz ballonlari bilan ta’minlandi, — deydi tumangaz boshlig‘i Normengli To‘laganov. – Ayni kunda gaz ballonsiz xonadon qolmadi”.

    Normengli To‘laganov.

    Normengli To‘laganov.
    Foto: “Daryo”

    “Maqolada rais tuman hokimligi tomonidan tayinlab qo‘yilgan degan gapga javoban shuni ma’lum qilamizki. Qishloqqa hali hech qanday rais tayinlanmagan, — deydi tuman hokimi. – Hujjatlashtirish ishlari davom etmoqda. Nasib etsa qishloq raisi joriy yil may oyida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlarida aniqlanadi”.

    Tuman hokimligi aholining transformator masalasidagi e’tirozini ham o‘rganib, qishloqda 60 ta xonadon bo‘lsa-da, hozirda transformatordan 41 ta xo‘jalik tok olishini aniqlagan. Ma’lumotda aytilishicha, qishloqning yuqori qismida yana bitta transformator bo‘lib, 16 ta xo‘jalikni uzluksiz ravishda elektr toki bilan ta’minlab kelar ekan. Tokdagi “o‘ynash”lar esa qish mavsumida aholining elektr pechlaridan foydalanishi bilan bog‘liq ekan.

    Munosabat xatida shuningdek, dastlabki maqolada tilga olingan fuqarolarga yer ajratib berilganligi aytilgan. Yer so‘rab kelgan fuqarolar hokim topshirig‘iga ko‘ra qamatilgan degan fikrlarga javoban esa tuman IIB boshlig‘i N.Ismoilov fuqarolar Shamsiddin Po‘latov va Sharif Boypo‘latovlar vaqtinchalik hibsxonada saqlanmaganligini bildirgan.

    Munosabatda jamoat ishlariga jalb qilingan 9 nafar ishchiga avgust oyi uchun maosh to‘liq to‘lab berilganligini, sentabr va oktabr oylarida esa hech qanday ish bajarilmaganligi sababli ularga ish haqi to‘lanmasligini ma’lum qilishgan.

    Tuman hokimligining “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, “Choshtepa”da yashovchi 56 ta xonadon uy-joylari noqonuniy ravishda, arxitektura va qurilish qoidalariga rioya qilinmasdan qurib olinganligi aytiladi.

    26.02.2019, 12:05   Izoh (0)   78150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda geografiya o‘qituvchisi “quloqsiz” o‘quvchini ko‘rgazmali tayoq bilan urib jarohatladi

    26.02.2019, 11:42

    Toshkentda 2018-yildan buyon qancha ko‘chalar, chorrahalar va qayrilib olish joylari ochildi?

    26.02.2019, 11:20

    Nijniy Novgorod mahsulotlari O‘zbekistonga eksport qilinishi 84 foizga oshdi

    26.02.2019, 11:09

    O‘zbekistonda ota-onalar kunini nishonlash taklif etildi

    26.02.2019, 10:58

    Samarqandda 19 yillik abituriyent 2019-yilda talabalar safiga qo‘shilishiga umid qilmoqda

    26.02.2019, 10:36

    Quyichirchiqdagi xonadonda ro‘y bergan yong‘inda uyda vaqtincha yashagan fuqaroning jasadi topildi

    26.02.2019, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.