O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonliklar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning O‘zbekiston taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligi bildirildi, deb yozadi UzDaily.
Uchrashuvni O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ochib berdi. O‘zbekistonda oxirgi yillarda zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishilganligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida xorijiy klinikalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni jalb etish uchun O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi taqdimot o‘tkazildi.
Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar o‘z chiqishlarida O‘zbekiston taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)