23-fevral kuni 14:50 da ichki ishlar organlariga 34 yoshli N.Salavatdan xabar kelib tushdi. Erkak noma’lum shaxs tomonidan uning kurtkasi cho‘ntagidan kalit o‘g‘irlanib, Cobalt avtomobili olib qochilganligini ma’lum qilgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Avtomobil egasi tomonidan Olmazor tumanining Farobiy ko‘chasida qoldirib ketilgan edi. Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (“Transport vositasini olib qochish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
IIBB xodimlari tomonidan “Jinoyatchini tutish” rejasi e’lon qilinib, avtomobil Mirzo Ulug‘bek tumani hududida to‘xtatilgan. Cobalt’ni olib qochgan yigit qochishga uringan, biroq u IIBB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mashinani olib qochgan yigit muqaddam bir necha marta sudlangan farg‘onalik 26 yoshli K.Baxtiyorjon ekanligi aniqlandi. U jabrlanuvchi kafeda kurtkasini stulga ilib qo‘yganidan foydalanib avtomobil kalitini o‘g‘irlagan.
Izoh (0)