Samarqandning eng yirik bozori Siyob dehqon bozorida 161 tadbirkorning tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani, 38 subyektning faoliyati esa guvohnomaga mos kelmasligi kuzatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Samarqand viloyati hokimligi bozorda o‘rganish o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, 57 nafar tadbirkor nazorat kassa mashinasi o‘rnatmagan. 57 nafar tadbirkor esa bankda hisob raqami ochmagan.
Nazorat davomida 59 savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida to‘lov terminali o‘rnatilmagani, 54 tasi bo‘yicha ijara shartnomasi tuzilmagani ham aniqlangan. Shuningdek, 56 nafar tadbirkor tomonidan norasmiy yollanma ishchilarni ishlatish holatlari qayd etilgan.
O‘rganishlar davomida hududdagi 177 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning kamchiliklari to‘liq bartaraf etilgan.
Izoh (0)